Farg‘onada odam savdosi bilan shug’ullangani uchun qidiruvda bo’lgan shaxs ushlandi
Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismida (Odam savdosi) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan fuqaro B.Sh. qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi
Shuningdek, xabarda qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlarga yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar berishlari ta’kidlangan.
Avvalroq Farg‘onada qidiruvda bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olingani haqida xabar qilingandi.