Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: President.gov.by

Oldinroq Shavkat Mirziyoyev Putinni Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish ishlari muvaffaqqiyatli o‘tgani bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi. Prezidentlar muloqot chog‘ida xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqqan.