Andijonda karantinga olingan fuqarolarning 58 nafarida koronavirus aniqlandi

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyatida 6-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 60 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shundan 58 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida qayd etildi.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 10143 kishida koronavirus aniqlangan, 6584 nafar bemor sog‘aygan.

Hozirda 3524 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар