AQSh dollarining rasmiy kursi ko‘tarildi
Foto: Markaziy bank
Markaziy bank xorijiy valyutalarning 7-iyuldan yangi kursini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,35 so‘mga oshib, bir dollar 10 184,73 so‘mni tashkil qildi.
Rubl kursi esa 3,49 so‘mga arzonlab, 142,48 so‘mni tashkil etdi.
Oldinroq dollarning rasmiy kursi ko‘tarilib, 10 173,38 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.