Buxoroda ikki kishining janjalini ajratgan ayol kaltaklandi

Foto: Tergov departamenti

Buxoroda 26-iyun kuni soat 15:00 da 30 yoshli N.R. Buxoro shahrida joylashgan “Perinatal” markazi oldida kuyovi J.S. bilan o‘zaro janjallashgan. Ularni ajratish uchun kelgan ayolni qo‘llari bilan urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan. Bu haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda erkak oilaviy kelishmovchilik sabab xotini va qizini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар