Qashqadaryoning sariq tarvuzlari ilk bor eksport qilindi
Qashqadaryoda “Sunny Land Export” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetishtirilgan mazkur noodatiy tarvuz yaxshi hosil berdi va ilk partiya — 4 tonnani Rossiya import qildi. Bu haqda Shahrisabz shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Gollandiya navi boʻlgan bu sariq tarvuzlar nafaqat koʻrinishi balki mazzasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Shirasi kamroq va sitrus mevalar oilasiga oʻxshash. Taʼmi aʼnanasga yaqin.
Keyingi partiya Riga uchun hozirlanmoqda.
Shu hafta soʻngiga qadar bunday noodatiy tarvuzlar mahalliy bozorlarga kilogrammi oʻrtacha 3,5—4,5 ming soʻmdan chiqarilishi kutilmoqda.