Farg‘onada uch yigit “zapravka” egasini besabab kaltakladi

O‘zbekiston tumani Do‘stlarobod qishlog‘ida uch nafar yigit yoqilg‘i quyish shoxobchasi egasini kalkatkladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV Tergov departamenti

O‘zbekiston tumanida 4-iyul kuni soat 20:30 da 21 yoshli X.Sh., 24 yoshli B.R. va J.Sh. bir guruh bo‘lib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Do‘stlarobod qishlog‘ida joylashgan 38 yoshli Sh.F.ga tegishli bo‘lgan yoqilg‘i quyish shoxobchasiga kelgan. Hech bir sababsiz fuqaro Sh.F.ni tanasining turli joylariga urib-do‘pposlab hodisa joyidan yashirinishgan.

Natijada tan jarohati olgan Sh.F. tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ishtirokchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Buxoroda ikki kishining janjalini ajratgan ayol kaltaklangani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар