O‘zbekistonda yana 168 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 8-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida 34 nafari aholi orasida, 7 nafari Namangan viloyatida, shundan 4 nafari aholi orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 3 986 nafari davolanmoqda. Ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар