O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida 1-kurslar uchun o‘qish oktabr oyidan boshlanishi mumkin

Bugun, 9-iyul kuni AOKA anjumanlar zalidagi brifingda Davlat test markazi direktori Majid Karimov OTMga kirish imtihonlari va o‘qish davri surilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Bu jarayonni oldindan aytib bo‘lmaydi. Test — OTMga kirish un o‘tkaziladigan sinov. Yuqori kurslarning darslarini vaqtliroq boshlash mumkin. 1-kurslarning darslari esa oktabrda boshlanishi mumkin. Respublika maxsus komissiyasi vaziyatga qarab takliflar asosida qaror qabul qiladi”, — dedi DTM direktori

Ma’lum qilinishicha, abituriyentlarning OTMga test sinovlarisiz qabul qilinishi mumkin emas. Komissiya qarori bilan yakuniy xulosa ma’lum qilinadi.