Sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy shaklga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari o‘zgarmaydi. Belgilangan muddatlargacha davom etadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi brifingda ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi.

Shuningdek, kechki ta’lim shakli bo‘yicha ishlar rejalashtirilgan, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, 50 foiz masofaviyga o‘tadi.

Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.

Avvalroq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ijodiy imtihonlar 1-avgustdan boshlanishi haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар