O‘zbekiston OTMlarida ijodiy imtihonlar 1-avgustdan boshlanadi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida 9-iyul kungi brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov oliy ta’lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlari 1-avgustdan boshlanishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ijodiy imtihonlar 25-iyuldan boshlanishi kerak bo‘lgan. Ammo bu borada o‘zgarish bo‘lgani sabab imtihonlar 1-avgustdan boshlanishi belgilangan.

“Bu surilish ijodiy imtihonlar o‘tish jarayoniga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Imtihonlar 20 kunga mo‘ljallangan edi. Shu kun oraliqda o‘tkaziladi”, — deydi Inomjon Majidov.

Avvalroq O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida 1-kurslar uchun o‘qish oktabr oyidan boshlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар