Alisher Sa’dullayev yangi tashkil etilgan agentlikka direktor etib tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining 10-iyul kungi qarori bilan Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xalqaro press klub

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyun kuni Prezident farmoni bilan yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi yangi organ — Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilgan edi.

Янгиликлар