Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasiga abituriyentlar qabuli 20-iyulga qadar davom etadi

Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish 20-iyundan boshlangan bo‘lib, qabul jarayoni 20-iyulga qadar davom etadi.

Foto: “Meros.uz”

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qabul.muslim.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi.

Mir Arab oliy madrasasiga qabul uchun talab qilinadigan hujjatlar:

– pasport (elektron shaklda);

– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi (madrasa)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.

Eslatib o‘tamiz, 9-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 643 952 abituriyent oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan.

Янгиликлар