Namanganda 11-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 11-iyul, shanba kuni Namangan viloyatida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: O‘zA

Unga ko‘ra, viloyatda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Янгиликлар