O‘zbekistonda aholi orasida yana 49 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 10-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 723 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Xalq so‘zi

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 29 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida hamda yana 5 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida, 17 nafari Navoiy viloyatida va 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 7 287 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirga qadar 4 384 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Navoiyda koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар