Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga litsenziyasiz kirib chiqish mumkinmi? IIV javob berdi

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda karantin vaqtida fuqarolardan kelib tushgan savollarga Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shohrux Gʻiyosov javob berdi.

Savol: Propiskam Toshkent shaharda. Lekin, o‘zim shahar chegarasidan 500 metr uzoqlikda – Qibray tumaniga qarashli hududda yashayman. Litsenziya bilan kirib chiqishda muammo bo‘lmaydimi?

Javob: Avtotransport vositalarida stikersiz harakatlanishga 07:00 dan 10:00 gacha, 17:00 dan 20:00 gacha tegishli hudud doirasida fuqarolarning ish joyiga borib kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun ruxsat berilgan. Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish talab etilishi belgilangan.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin cheklovlari nima sababdan kuchaytirilganligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin tartibi e’lon qilingan. Dam olish kunlari avtotransport harakati butunlay cheklanishi ma’lum qilingan.