Toshkentda koronavirusga chalingan 65 yoshli ayol vafot etdi

Qandli diabet va jigar sirrozi kasalliklari bilan og‘rib kelgan bemor koronavirusga chalinib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli ayol S.Q.da 9-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga koronavirus infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 62 nafarga yetdi.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli bemor vafot etib, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 61 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар