Farg‘onada hamkorlikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni aytib, tanishini 32 500 dollarga “uxlatgan” shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tanishining 52 500 AQSh dollari pulini olgan, 20 000 AQSh dollarini qaytarib berib, qolgan 32 500 dollarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekiston tumanida 2018-yil dekabr oyida fuqaro X.J. tanishi R.Sh. bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini aytadi. Uning 52 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib, ishonchini suiiste’mol qiladi. Olingan pullarning 20 000 AQSh dollarini qaytarib berib, qolgan 32 500 AQSh dollari evaziga shifer mahsulotlari sotib oladi. Mahsulotlarni esa boshqa shaxsga sotib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuboradi.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada YHXB xodimini mashinasida sudragan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Shuningdek, Farg‘onada firibgarlik qilib, tergovdan yashiringan fuqaro qo‘lga olingani haqida ham xabar berilgan edi.