Namanganda 15-iyul kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zgidromet” 15-iyul, chorshanba kuni Namangan viloyatida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: O‘zA

Unga ko‘ra, shu kuni viloyatda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Avvalroq O‘zbekistonliklar hafta davomida haqiqiy yoz issigʻini his qilishi ma’lum qilingandi.

Янгиликлар