Samarqandda fuqaro afg‘onistonlik tadbirkorning salkam 300 mln so‘mlik mayizini uning ruxsatisiz sotib yubordi

Samarqandda fuqaro muzlatgichda saqlab berish bahonasida afg‘onistonlik tadbirkorning salkam 300 mln so‘mlik mayizini uning ruxsatisiz sotib yuborgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2020-yilning 24-iyun kuni Samarqand tuman IIBga Afg‘oniston Respublikasi fuqarosi, 46 yoshli S.S. ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 20-aprel kuni Afg‘onistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sherigiga tegishli 19 tonna 580 kilogramm qayta ishlangan, jami bahosi 293 700 000 so‘mlik mayiz mahsulotini saqlash uchun tanishi Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli U.N. bilan birgalikda 44 yoshli X.Sh. ga tegishli muzlatgichga olib borib qo‘yganligini, U.N. esa ushbu mayiz mahsulotini uning ruxsatsiz sotib yuborganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JJinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Samarqandda inspektorga pora sifatida giyohvand modda taklif qilganlar qo‘lga olingan edi.

Янгиликлар