Andijonda 18-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 18-iyul, shanba kuni Andijon viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: “Sputnik”

Qayd etilishicha, bugun, 18-iyul kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 5—10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 19—24 daraja, kunduzi 34—39 daraja bo‘ladi.