Buxoroda qamishlarni suv havzasidan noqonuniy ravishda o‘rib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi

Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida qamishlarni suv havzasidan noqonuniy ravishda o‘rib ketayotgan shaxs viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Foto: Buxoro Ekologiya axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Peshko‘ tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan joriy yilning 15-iyul, chorshanba kuni reyd tadbiri davomida “Qoraqir” tabiiy suv havzasidan Peshko‘ tuman “Yangi obod” mahallasi Ofandar qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.N. 20 metr kub qamish o‘simligini noqonuniy ravishda o‘rib olib kelayotgan vaqtida inspektorlar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro S.N.ga nisbatan Ma’muriy jinoyat to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 115 000 so‘m jarima va 44 600 so‘m zarar belgilangan.

Avvalroq Buxoroda karantin tartibiga amal qilmagan 37 nafar yo‘nalishsiz taksi haydovchisiga chora ko‘rilgandi.

Янгиликлар