Farg‘onada 18-iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” 18-iyul, shanba kuni Farg‘ona viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, bugun, 18-iyulda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 5—10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 19—24 daraja, kunduzi 34—39 daraja bo‘ladi.

Янгиликлар