Mutaxassis ortiqcha vaznning koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga ta’siri haqida gapirdi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov 16-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirus infeksiyasi borasida aholidan tushgan savollar, xususan, ortiqcha vaznning koronavirus yuqtirib olgan bemorga ta’siri haqidagi savolga ham javob qaytardi.

“Koronavirusdan vafot etganlarning aksariyatida ortiqcha vazn, surunkali kasalliklari borligi rost ma’lumot. Ortiqcha vazn nafaqat koronavirus kasalligida, balki, boshqa ko‘plab yuqumli kasalliklarga chalinganda ham qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin”, — deydi u.

Ma’lumot uchun, 16-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar 15066 nafarga yetdi. 75 kishi vafot etgan.

Янгиликлар