Namanganda 18-iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
“O‘zgidromet” 18-iyul, shanba kuni Namangan viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 18-iyul kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5—10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 19—24 daraja, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.