O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli farmoniga (PF-6028, 16.07.2020-y) binoan, Amrillo Shodiyevich Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

Bunga qadar Amrillo Inoyatov Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Amrillo Inoyatovdan avval ushbu lavozimda Odil Qalandarovich Abdurahmonov faoliyat ko‘rsatgan. 13-iyun kuni O‘zbekiston Prezidentining farmoniga ko‘ra Odil Abdurahmonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Avvalroq Namangan viloyati Chust tumaniga yangi hokim tayinlangani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар