O‘zbekistonda o‘tgan 6 oyda qancha kompensatsiya va “suyunchi puli” to‘langani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—iyun oylarida 269 341 oilaga bola tug‘ilganda beriladigan bir marotabalik suyunchi, 1 453 483 fuqaroga un va qolipli non xarid qilish uchun har oyda kompensatsiya puli berilgan. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 73 555 fuqaroga uy-joy kommunal xizmat haqini to‘lash uchun har oyda kompensatsiya puli, bir marotabalik dafn nafaqa puli to‘langan.

Avvalroq Samarqandda 6 oy ichida qariyb 3 trillion so‘m kredit ajratilgani, O‘zbekistonda xorijiy valyuta sotib olish hajmi 6 oy davomida 1,7 milliard dollarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар