Oltinko‘lda 302 mln so‘mga qurilayotgan xususiy klinikada 25 nafar fuqaro ish bilan ta’minlanadi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Maslahat qishlog‘ining “Erkin” mahallasida yangi shifoxona qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Oltinko‘l tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Oltinko‘l tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Oltinko‘l tumani hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilayotgan ushbu shifoxonaning loyihaviy qiymati 302 million so‘mni tashkil etadi.
“Xususiy shifoxona qurilib, foydalanishga topshirilgach, 25 nafar kishining bandligi ta’minlanadi”, — deydi tadbirkor M.Rahmonova.

Shuningdek, mazkur shifoxonada terapevt, nevropotolog, stomotolog va boshqa yo‘nalishlarda tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi. Shifoxona xorijdan keltirilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanadi.

Avvalroq Zangiota tumanida koronavirus bemorlarini davolash uchun qurilgan kasalxonagi joylar yana 1000 oʻringa koʻpaytirilgani, shifoxonalar quvvati koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilish uchun yetarli emasligi haqida xabar berilgan edi.

 

Янгиликлар