Samarqandda yana bir kishi koronavirusga chalindi

Samarqandda 18-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 kishiga oshib, 725 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda yangi kasallanish holati koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytga qadar Samarqandda 559 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Hozirda 434 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatida yana 20 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani haqda xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 18-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 068 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Hozirda 6984 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар