Farg‘onada choyxonadan 8 mln so‘mlik pivo quyish uskunasini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida choyxonadan 8 million so‘mlik pivo quyish uskunasini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida viloyat IIB xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Xabar qilinishicha, Quva tumanida 12-iyul kuni fuqaro S.Z. IIBga murojaat qilib, unda 11-iyul kunidan 12-iyul kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning choyxonasiga noqonuniy ravishda kirib, qarovsiz qoldirilgan, narxi 8 millionlik so‘mlik pivo quyish uskunasini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan I.I. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Avvalroq Marg‘ilonda ijaraga olgan “Matiz”ni qariyb 3000 dollarga sotib yuborgan shaxs qo‘lga olingani va Qo‘qonda soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxs jazolangani xabar qilingandi.

Янгиликлар