Namanganda hafta davomida ob-havo quruq bo‘lishi ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” hafta davomida Namangan viloyatida qanday ob-havo kutilayotgani haqda xabar berdi.

Foto: Lifeasti.eu

Unga ko‘ra, ish haftasi mobaynida — 20—24-iyul kunlari ob-havo issiq va quruq bo‘ladi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

“Harorat fonining yuqori bo‘lishiga qaramasdan, bu bizning mintaqa uchun anomal harorat emas. Shu davr uchun eng yuqori harorat Navoiy viloyatidagi Buzauboy meteostansiyasida 2019-yil 20-iyulda qayd etilgan, o‘shanda havo 47,7 darajani tashkil etgan”, — deb yozadi “O‘zgidromet”.

Янгиликлар