O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida chiptalar narxi arzonlashtirilgan aviakompaniya tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka oid hukumatlararo komissiyaning transport sohasidagi hamkorlik bo‘yicha ikkinchi videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda yo‘lovchilar va yuklarni tashish uchun o‘zbek-rus avialoukosteri tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu haqida Rossiya transport vazirligi xabar berdi.

“Xususan, Havo transporti federal agentligi va Fuqaro aviatsiyasi agentligi o‘rtasida havo kemalariga yaroqlilik sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolashga tayyorgarlik muhokama qilindi. Bundan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasida parvozlar sonini ko‘paytirish hamda yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun Rossiya—O‘zbekiston loukosteri tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, memorandum bo‘yicha ishlarni tezroq yakunlash va havo kemalariga yaroqlilik sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tomonlar 2019-yili O‘zbekiston Transport vazirligi va “RT-Invest Transport Systems” MChJ tomonidan imzolangan raqamli transport tizimlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Undan tashqari, transport sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston elchisi onlayn tarzda Hindiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgani, Shavkat Mirziyoyev YTTB sobiq rahbari Suma Chakrabartini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlagani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар