Qurbon hayitining birinchi kuni qaysi sanaga to‘g‘ri kelishi e’lon qilindi

Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyul, juma kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Xabarga ko‘ra, Misrdagi “Dorul Ifto” fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 2020-yil 22-iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilindi.

“Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida Haj ibodatini ado etayotganlar, cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 30-iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladi.

31-iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Янгиликлар