Koronavirusning og‘ir formasida qanday belgilar kuzatiladi? Virusolog javob berdi

“Milliy” telekanalining “Tez yordam” dasturida virusolog Ra’no Qosimova va Dildora Sekler koronavirusning og‘ir formasi qanday kechishi haqida ma’lumot berdi.

Kadr: YouTube

Ta’kidlanishicha, og‘ir formaning dastlabki belgisi bir necha kun davomida tana haroratining 38 dan yuqori bo‘lishidir. Shundan so‘ng bemorda holsizlik kuchayib, yo‘tala boshlaydi. Tanasida og‘riq paydo bo‘ladi.

Dildora Seklerning so‘zlariga ko‘ra, bu toifadagi bemorlarda hansirash paydo bo‘ladi, nafas olishi qiyinlashadi. Tez-tez nafas olish boshlanadi. Shu paytda, albatta, shifokorga murojaat qilish kerak.

Avvalroq tibbiyot fanlari nomzodi, immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva va virusolog Ra’no Qosimova spirtli ichimliklarni iste’mol qilish koronavirusni yo‘qotishga yordam bermasligi haqda aytgandi.

Янгиликлар