Munisa Rizayeva o‘zi va oila a’zolarining kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi

Munisa Rizayeva hamda oila a’zolari, jumladan, uning ota-onasi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqida xonanda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Iltimos, barchangiz salomatligingizni asrang. Hech qayerga chiqmang. Nafaqat koronavirus, undan ham yomon kasallik chiqqan. Onam ham, otam ham — hammamiz kasalxonadamiz. Pnevmoniya — eng yomon kasallik. Juda ham ko‘p insonlar pnevmoniya bilan kasallanmoqda. Onam ham, otam ham juda og‘ir ahvolda”, — deydi Munisa Rizayeva.

Avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova, xonanda Kaniza va “Benom” guruhi vakili Komil koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqan. Shuningdek, adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi.

Янгиликлар