Rossiyada o‘qiyotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba vatanga qaytarildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Rossiyaning Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga ko‘ra tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilingan.

Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olgan talabalar sog‘lig‘ini saqlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda karantinga olinadi. So‘ngra o‘z oilalariga qaytariladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Eslatib o‘tamiz, talabalar bundan avvalroq bosh vazir Abdulla Aripovga O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab murojaat qilgan.

Avvalroq O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha 20-iyuldan 2-avgustga qadar charter reyslar ro‘yxati e’lon qilingani haqida xabar berilgandi. Xususan, Varshava—Toshkent—Riga charter reysi orqali 220 nafar fuqaro mamlakatga qaytarilgan.

Ma’lumot uchun, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun elektron platforma ishga tushgan.

Янгиликлар