O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun elektron platforma ishga tushdi

Endilikda o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uydan chiqmagan holda veb-platforma orqali ariza topshirishi mumkin. Ushbu platforma www.edu.uz veb-sayti bazasiga joylashtirilgan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Fuqarolar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida”gi nizomga muvofiq, o’qishini ko’chirish bo’yicha arizalarni taqdim etishi mumkin.

Yangi veb-platforma o’qishini ko’chirmoqchi bo’lgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ilk marta tayyorlangan. Shu kunga qadar esa fuqarolar hududiy ishchi guruhlarga yozma ariza taqdim etardi.

Avvalroq, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari o‘zgarmasligi, ijodiy imtihonlar 1-avgustdan boshlanishi xabar berilgan edi.

Янгиликлар