COVID-19’ga qarshi kurash uchun safarbar etilgan tibbiyot oliygohlari talabalariga qancha oylik to‘lash ma’lum qilindi

AOKA huzuridagi shtabda 23-iyul kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

“Tibbiyot oliygohlari talabalari ham COVID-19’ga qarash kurash uchun safarbar etiladimi va bu uchun ularga qanaqa imtiyozlar beriladi?” degan savolga inspeksiya rahbari quyidagicha javob qaytardi:

“Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga to‘liq va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot institutlari va kollej talabalari ham jalb etilmoqda. Ularning 2 haftalik oylik maoshi toifasiga qarab 5 milliondan 15 million so‘mgacha bo‘ladi.”

Avvalroq mutaxassis chaqaloqlarga niqob taqish imkoni yo‘q bo‘lgan sharoitda ularni koronavirusdan qanday himoyalash kerakligi haqda fikr bildirgan edi.

 

Янгиликлар