Habib Nurmagomedov otasining o‘limi haqida gapirdi

Ikki vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedov otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limi haqida birinchi marta gapirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: Fightnews

“Sizning o‘rningiz bilinadi, siz menga ota, do‘st, aka va murabbiy edingiz. Mendan ko‘nglingiz to‘q bo‘lgan, deb umid qilaman”, — deya yozib qoldirgan Habib Instagram’dagi sahifasida. Nurmagomedovning ta’kidlashicha, otasi unga qo‘lidan kelgan hamma narsani o‘rgatgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov aprel oyida Dog‘istondagi klinikalardan biridagi kasalxonaga yotqizilgandi. Abdulmanap Nurmagomedovning do‘sti Ramazan Rabadanovning so‘zlariga ko‘ra, unga pnevmoniya tashxisi qo‘yilib, keyinchalik Moskvadagi kasalxonaga olib borilgan.

Iyun oyida Habib Nurmagomedov otasida koronavirus borligini aytgan. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, infeksiya tufayli yurakda o‘zgarishlar paydo bo‘lgan.

Abdulmanap Nurmagomedov 3-iyul kuni 58 yoshida vafot etgan. 4-iyulga o‘tar kechasi murabbiy Dog‘istonning Qizilyurt tumanida dafn qilingan.

Янгиликлар