Isroildan O‘zbekistonga charter reys bilan qaytayotganlar uchun karantin tartibi e’lon qilindi

AOKA huzuridagi shtabda 23-iyul kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

Foto: AOKA

“Isroil davlatidan charter reys bilan qaytayotganlar karantinni uyda o‘tashlari mumkinmi?” degan savolga u quyidagicha javob berdi:

“O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Isroil davlati bugungi kunda ‘yashil’ zonaga taalluqli bo‘lganligi uchun karantin uy sharoitida o‘tkazilishi mumkin”.

Avvalroq O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha navbatdagi charter reyslar jadvali e’lon qilingan edi. Shuningdek, Rossiyada o‘qiyotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba vatanga qaytarilgani haqda xabar berilgan edi.

Янгиликлар