O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 300 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 22-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 nafarga ko‘payib, 18 379 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 47 tasi Buxoro viloyatida, 8 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 9872 nafar koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemor tuzalgan. Mamlakatda davolanayotganlar 8409 nafarni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 22-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 102 nafar, Andijon viloyatida 112 nafar, Namangan viloyatida 61 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Jizzax viloyatida 3 nafar — jami 351 nafar bemor tuzaldi.