Buxoroda 25-iyul kuni havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
“O‘zgidromet” 25-iyul, shanba kuni Buxoro viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Foto: “Lifejourney4two”
Qayd etilishicha, shu kuni havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 22—27, kunduzi 35—40 daraja issiq boʻladi.