Oliy sud Farg‘ona tumanlararo sudining hukmidan norozi bo‘lgan fuqaroga izoh berdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 2020-yil 16-iyul kuni foydalanuvchi Ayrat Burganov o‘z sahifasida bildirish e’lon qildi. Ushbu bildirish yuzasidan O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy bayonot berdi.

Foto: Facebook

Unga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2016-yil 8-iyundagi hal qiluv qaroriga asosan, arizachi R. Nizamiyev (uning ishonchli vakili A. Burganov)ning mehnat sharoiti og‘ir va zararli vazifalarda ishlaganlik faktini belgilash haqidagi arizasi qanoatlantirilib, uni Farg‘ona mexanika zavodida 1976-yil 22-iyuldan 2012-yil 16-aprelga qadar mehnat sharoiti og‘ir va zararli kasblarda ishlaganligi aniqlangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2016-yil 12-oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, arizachi R. Nizamiyevning manfaatdor shaxs budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona shahar bo‘limiga nisbatan imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etish haqidagi qarorini g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi qanoatlantirilgan.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona shahar bo‘limi zimmasiga arizachi R. Nizamiyevga bo‘limga ariza bilan murojaat qilgan kundan boshlab yoshga doir imtiyozli pensiya tayinlash va to‘lash majburiyati yuklatilgan.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona shahar bo‘limidan manfaatdor shaxs R. Nizamiyevning foydasiga 2015-yil 13-oktabrdan 2016-yil 10-iyulga qadar bo‘lgan o‘tgan davr uchun jami 21 778 200 so‘m pul mablag‘i undirish belgilangan.

Sudning mazkur hal qiluv qarori ijrosi to‘liq ta’minlangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2020-yil 20-martdagi ajrimiga asosan, arizachi A.Burganov Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan berilgan sudning 2019-yil 21-oktabrdagi hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat bo‘yicha bekor qilib, ishni qayta ko‘rish haqidagi arizalari qanoatlantirishdan rad etilgan.

Barcha sud jarayonlarida fuqaro R.Nizamiyevning ishonchli vakili sifatida Farg‘ona shahar Shifokorlar ko‘chasi 16-uy 24-xonadonda yashovchi 1954-yil 24-martda tug‘ilgan fuqaro A.Burganov ishtirok etib kelgan.

Sudning yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlari qonuniy kuchda bo‘lib, bekor qilinmagan.

Avvalroq Qo‘qonda o‘g‘rilikka qo‘l urgan ayol jamoatchilik kafilligi ostida qamoqdan ozod qilingani haqda xabar berilgan edi.

Янгиликлар