Toshloqda “Matiz” va “Damas” ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Toshloq tumanida “Damas” va “Matiz” avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida bir nafar haydovchi vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bo‘limi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 21-iyul, seshanba kuni fuqaro K.M. “Damas” avtomashinasini “Qipchariq” MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Q.T. boshqaruvidagi “Matiz” mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etadi. Oqibatda Q.T. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda YTH yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda yuk mashinasi va “Lacetti” to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etgani, Qashqadaryoda “Nexia” va “Lacetti” to‘qnashib ketib, bir kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi.

Shuningdek, Dang‘arada piyodani urib yuborgan “Damas” haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingandi.

Янгиликлар