Turkiya prezidenti Avliyo Sofiya masjidida Qur’on o‘qidi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya masjidida o‘tkazilgan juma namozida Qur’on o‘qidi.

Foto: “Gazete bir”

Ma’lumotlarga ko‘ra, juma namozini ado etish uchun mamlakatning turli burchaklaridan odamlar keldi. Turkiyaning Din ishlari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan dastur doirasida to‘rt nafar imom masjidning to‘rtta minorasidan azon aytdi. Pandemiya sabab tashrif buyuruvchilardan tibbiy niqob taqish talab qilindi. Odamlar sonining keskin ortib ketganini inobatga olgan holda ibodat shanba tongigacha davom etishi e’lon qilindi.

Avliyo Sofiya Konstantinopolning asosiy pravoslav cherkovi sifatida 537-yilda qurilgan hamda keyingi 900 yil davomida o‘z maqomini saqlab qolgan.

Vizantiya poytaxti Usmoniylar imperiyasi tomonidan 1453-yilda qo‘lga olinganidan so‘ng u masjidga aylantirilgan.

Ma’lumot uchun, 1934-yilda Vazirlar Kengashi qarori bilan muzey bo‘lgan Avliyo Sofiya 86 yildan keyin Davlat Kengashi qarori bilan yana masjidga aylantirildi.

Янгиликлар