Farg‘onada mototsikl haydovchisi velosipedchini urib yubordi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida 26-iyun kuni fuqaro I.K. “Ij” rusumli mototsiklni “Langar” mahallasi hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan Q.M.ni urib yuborgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Halokat oqibatida Q.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada “Nexia” haydovchisi velosipeddagi shaxsni urib yuborgani haqda xabar berilgan edi. Shuningdek, Farg‘onada “Nexia” haydovchisi voyaga yetmagan piyodani urib yuborgani haqda xabar qilgan edik.  Bag‘dod tumanida “Matiz” va “Damas” ishtirokidagi YTHda bir kishi jarohat olgan edi. Bundan tashqari, Toshloq tumanida “Nexia-2” tut daraxtiga urilishi oqibatida undagi yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Янгиликлар