Namanganda 13 kishi koronavirusdan tuzaldi

Namangan viloyatida 23-iyul, juma kuni 13 kishi koronavirusdan sog‘ayib, viloyatda umumiy tuzalganlar soni 486 nafarga yetdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Andijon viloyatida 95 nafar, Sirdaryo viloyatida 63 nafar, Navoiy viloyatida 18 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 10 nafar — jami 323 nafar bemor tuzaldi.

Ma’lumot uchun, 23-iyul 23:30 holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni 616 nafarni tashkil etmoqda. Viloyatda 5 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Avvalroq Namanganda 62 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi.

Янгиликлар