Samarqandda 32 nafar kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 19 755 (+102) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 32 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida  qayd etilgan.

Shuningdek, 48 nafari Toshkent shahrida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9174 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda koronavirusga chalingan 58 yoshli ayol, Nukus shahrida 37 yoshli va 49 yoshli bemorlar o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар