Andijonda ekilgan ilk soyalar meva tugdi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida birinchi bo‘lib ekilgan soyalar meva tugishni boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Oltinko‘l tumani hokimligi matbuot xizmati
Mamlakat rahbari 23-iyul kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi masalaga alohida to‘xtalib, sohani yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha o‘zining aniq va puxta o‘ylangan takliflarini ilgari surgan edi.
Foto: Oltinko‘l tumani hokimligi matbuot xizmati
Shundan kelib chiqib, Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligi dalalarida soya o‘simligining rivojlanishi bilan tanishdi.
Foto: Oltinko‘l tumani hokimligi matbuot xizmati
Soyalar g‘o‘za qator oralariga ekilgan. Viloyat miqyosida birinchi bo‘lib ekilgan soyalar allaqachon meva tugishni boshlagan. Shuningdek, bu daladagi paxta ilk bor o‘z nishonasini 10 kun ilgari ko‘rsatgan edi.
Foto: Oltinko‘l tumani hokimligi matbuot xizmati
Avvalroq Paxtaobod tumanida paxta ochila boshlagani haqda xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati So‘x tumanida g‘alladan bo‘shagan yerlar yoshlar ixtiyoriga berilayotgani ma’lum qilingan.