Farg‘onada “Nexia” va “Tico” avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida “Nexia” va “Tico” avtomashinalari ishtirokidagi YTH oqibatida bir nafar haydovchi vafot etdi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Farg‘ona tumanida 24-iyul, juma kuni fuqaro Sh.T. “Nexia” avtomashinasini “Vaziyo” MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan B.J. boshqaruvidagi “Tico” mashinasi bilan to‘qnashgan. Sodir bo‘lgan YTH oqibatida “Tico” haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Avvalroq Toshloqda “Matiz” va “Damas” ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani, Samarqandda YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, Toshkentda daraxtga urilgan “Lacetti” yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар